Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Taqachi mahallasida yo‘l infratuzilmasi va harakat xavfsizligi o‘rganildi

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi vakili N.Tashmatov Taqachi mahallasiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida hududdagi ichki ko‘cha yo‘llarining holati, ko‘chalarni tungi yoritish tizimi, avtomobil yo‘llarida yuzaga kelayotgan tirbandliklar hamda yo‘l-transport hodisalari tez-tez sodir bo‘layotgan nuqtalarda xavfsizlikni oshirish masalalari atroflicha o‘rganildi. Mazkur o‘rganishlar asosida yo‘l-transport hodisalarini kamaytirish, fuqarolar uchun yanada qulay va xavfsiz infratuzilma yaratish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilishi belgilandi. Hudud rivoji va aholi farovonligi yo‘lida amalga oshirilayotgan bu kabi tashabbuslar izchil davom etadi.

Slide 1 of 3