Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Aholi manfaatlari — doimiy e’tiborda!

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Z. Esirgapova Nayman mahallasida bo‘lib, hududdagi ijtimoiy xodim faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati alohida e’tibor markazida bo‘ldi. Xususan, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlarni tayinlash, ularni o‘z vaqtida yetkazib berish jarayonlari joyiga chiqib o‘rganildi.

Bu kabi ochiq muloqotlar va bevosita o‘rganishlar tizimdagi muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 2