Xalq deputatlari Bekobod tumani kengashi kotibiyati mudiri, O‘zbekiston MTDPdan saylangan deputat Q.Bobojonov yil boshida Parchayuz mahallasidagi uchrashuvda mahalla “yettiligi”ni aholining imkoniyat va kuchidan foydalanilmayotganligi, odamlarda boqimondalik kuchayib borayotganligini tanqid etgandi. Deputat tanqidi “yettilik”ni va mahallani uyg‘otdi.
Bir oydan buyon mahallaning ko‘chalarida katta hasharlar tashkil qilinib shu kunga qadar Ma’rifat, Tinchlik ko‘chalarida 1300 metr piyodalar yo‘lagi hashar yo‘li bilan bunyod etildi. Aholi o‘zlariga o‘zlari qulaylik yaratdilar.Hashar odamlarni birlashtirdi, uyushtirdi, yangi rejalar sari yetakladi.
Parchayuzliklar 2026 yil 2-mavsumda “Tashabbusli byudjet” loyihasida g‘olib bo‘lishni niyat qilganlar.