Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

KUTUBXONANING MUAMMOLARI DEPUTATLAR E’TIBORIDA

Xalq deputatlari Bekobod tumani kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat A.Djabborov, “Adolat” SDPdan saylangan deputat S.Shokirova va kengash kotibiyati bosh mutaxassisi N.Azimovalar tuman axborot-kutubxona markazi faoliyati bilan tanishdilar, ish jarayonini, muammolarini o‘rgandilar.

Kutubxona 42 mingdan ortiq kitob fondiga ega bo‘lib, 15 nafar xodimlar aholining keng qatlamiga xizmat qilib kelmoqdalar. Ilg‘or, Bog‘ishamol mahallalarida filiallari mavjud. Qushtamg‘ali mahallasida tuman hokimining tashabbusi bilan kitobxon qiz Odinaxon Suvonqulovaning shaxsiy kutubxonasi tashkil etilishida kutubxona xodimlari uslubiy yordam berdilar.

Deputatlar axborot-kutubxona markazi uchun alohida bino ajratish va zamonaviy jihozlash masalasi bo‘yicha murojaat qilishga kelishib oldilar.

Slide 1 of 3