Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputatlar B. Jo‘rayev, I. Xoliqberdiyev va O‘zbekiston ekologik partiyasi Bekobod tumani kengashi raisi D.Olimjonovalar tuman hududida joylashgan chiqindi saqlash poligoni faoliyatini o‘rgandilar.
Shuningdek, hududdagi qarovsiz itlarni saqlash punktidagi shart-sharoitlar ham ko‘zdan kechirildi. Qayd etilganidek, qarovsiz itlar sonining nazoratsiz ortib borishi turli kasalliklar tarqalishi xavfini oshirib, aholi xavfsizligiga jiddiy tahdid solmoqda.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotlarga murojaat qilishga kelishib olindi.