Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat A.Djabborov kengash kotibiyati bosh mutaxassisi N.Azimova bilan tumandagi obodonlashtirish ishlari holatini o‘rgandilar.
Guliston mahallasidagi “Yoshlar bog‘i”da olib borilayotgan qurilish-rekonstruksiya ishlari, aholiga yaratilayotgan sharoitlar, yangilanayotgan parkdagi yangi imkoniyatlar bilan tanishdilar.
Qisqa fursatda tashlandiq, qarovsiz holga kelib qolgan parkda aholi madaniy hordiq chiqarishi uchun olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari e’tiborga loyiqdir.