Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat N.Toshmatov aholining huquqiy savodxonligini oshirish bo‘yicha saylov okrugida tuman adliya bo‘limi va “Madad”NTT hamkorligida aholi bilan muloqot o‘tkazildi.
Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1 va PQ–2-sonli qarorlari mazmun-mohiyati sodda va tushunarli tarzda yetkazildi. Qarorlarning ahamiyati, fuqarolar hayotiga ta’siri va amaliy jihatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Dolzarb mavzular markazida: Firibgarlik va kiberjinoyatlar;
Bank plastik kartochkalariga bo‘layotgan hujumlar; Noqonuniy kredit rasmiylashtirish holatlari; Telegram akkauntlari buzilganda murojaat qilish tartiblari tushuntirildi.