Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

MAHALLA “YETTILIGI” HISOBOTI MUHOKAMA QILINDI.

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat I. Xaliqberdiyev Ilg‘or mahallasida bo‘lib o‘tgan mahalla “yettiligi”ning aholiga hisobot yig‘ilishida ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida mahallada 2026-yil 1-chorak mobaynida amalga oshirilgan ishlar atroflicha tahlil qilinib, erishilgan natijalar va mavjud muammolar muhokama qilindi.

Deputat saylovchilarga dolzarb masalalar yuzasidan axborot berib, hududdagi muammolar bo‘yicha fuqarolarning fikr va takliflarini o‘rgandi.Ochiq muloqot ruhida o‘tgan uchrashuv mahalla rivoji, ekologik barqarorlik va aholi manfaatlarini ta’minlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

Slide 1 of 3