Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Oila va xotin-qizlar bo‘limi faoliyati o‘rganildi

Oila va xotin-qizlar bo‘limi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan Yunusobod tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida bo‘lim tomonidan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ishlash, shuningdek, oilalarda sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, sohaga oid mavjud muammolar, murojaatlar bilan ishlash holati hamda xotin-qizlar va oilalarni qo‘llab-quvvatlash tizimi samaradorligini oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalar muhokama etildi.

Bizni kuzatishda davom eting!

🌐 Telegram

Slide 1 of 1