Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat “Ashurali Zoxiriy” mahallasida yoshlar yetakchi faoliyatini o‘rgandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi 2-"Avg‘onbog‘" saylov okrugi deputati Z.Madaminova tomonidan “Ashurali Zoxiriy” mahallasida yoshlar yetakchi faoliyatini o‘rgandi.

O‘rganish davomida Oliy o‘quv yurti to‘lov kontrakti to‘lab berilganligi yuzasidan fuqaroning onasi bilan, Alinazar ota ko‘chasi 4-uyda yashovchi A.Ergashevni o‘quv kursi xarajatlarini to‘lab berilganligi yuzasidan fuqaroning o‘zi bilan xonadoniga borib suxbatlashildi. Suxbat mobaynida fuqarolar yoshlar yetakchisi faoliyatiga yuqori baxo berishdi.

Shuningdek, maxallada yashovchi JIEMdan qaytgan fuqaro bilan xam yoshlar yetakchisini ish olib borishi natijasida bugungi kunda tadbirkorlikka yo‘naltirilganligi aniqlandi. Yoshlar yetakchisi faoliyatiga maxalla axolisi tomonidan yuksak baxo berildi.

Slide 1 of 3