Yangiliklar

Deputat mahallada

 Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda 

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari doirasida 24-Ko‘lota saylov okrugidan xalq deputatlari
kengashi deputati B. Raxmonova tomonidan hududdagi tibbiyot bo‘limi faoliyati
o‘rganildi.
 

O‘rganish jarayonida tibbiyot bo‘limida issiqlik ta’minoti masalasiga alohida e’tibor
qaratildi. Xususan, binolardagi isitish tizimining texnik holati,
qozonxonalarning ishga shayligi, quvurlar va radiatorlarning sozligi hamda
uzluksiz issiqlik bilan ta’minlash imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi. Muassasada
kuz-qish mavsumi davomida bemorlar va tibbiyot xodimlari uchun qulay va iliq
sharoit yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar qoniqarli baholandi.
  

Slide 1 of 2