Chimqo‘rg‘on MFYning yangi binosi deputat nazoratida
13-Chimqo‘rg‘on saylov okrug deputati M. Usmonova tomonidan mahallada yangi qurilgan bino
holati deputat nazoratiga olindi.
Tashrif davomida deputat binoga texnik jihatdan e’tibor qaratdi, qurilish sifati va binoning
foydalanishga tayyorligi bilan tanishdi. Shuningdek, mahalla ahli va mas’ul
xodimlar bilan suhbatlar olib borildi, binodan samarali foydalanish hamda u
holatidagi ehtiyoj va takliflar muhokama qilindi.
M. Usmonova ta’kidlashicha, yangi binolarni o‘z vaqtida va sifatli foydalanish joylarda
xizmatlar samaradorligini oshirish va aholiga qulaylik yaratish uchun muhimdir.
Ushbu nazorat ishlari kelgusida ham davom ettiriladi.