Ko‘lota saylov okrugida tibbiy xizmat deputat nazoratida
Aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi aholi salomatligi va turmush
sifati uchun muhim ahamiyatga ega. Shu maqsadda 24-Ko‘lota saylov okrug deputati
B. Raxmonova tomonidan okrugda tibbiy xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi.
Tashrif davomida deputat tibbiyot muassasalarida tibbiy jihozlar, dorixona hamda mutaxassislar
mavjudligi bilan tanishdi. Shuningdek, aholi va tibbiy xodimlar bilan suhbatlar
olib borilib, xizmatlarning samaradorligi va sifatini yaxshilash yo‘llari muhokama
qilindi.
B. Raxmonova aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish deputatlik faoliyatining ustuvor
yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi va ushbu nazorat ishlari kelgusida ham
davom ettirilishini belgiladi.