Ijtimoiy himoya masalalari deputat e’tiborida
10-Oqtepa mahallasida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan olib borilayotgan ishlar okrug deputati B. Ozodov tomonidan
o‘rganildi. Tashrif davomida ijtimoiy xodimlar faoliyati, kam ta’minlangan
oilalarga ko‘rsatilayotgan yordamlar, nafaqa va moddiy ko‘maklarning o‘z
vaqtida hamda manzilli yetkazilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Deputat oilalarning yashash sharoiti, ijtimoiy va moddiy holati bilan yaqindan
tanishib, fuqarolarning murojaatlarini tingladi. Aniqlangan muammolarni
bartaraf etish hamda ijtimoiy xizmatlar samaradorligini oshirish bo‘yicha
tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.
Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va ehtiyojmand oilalar bilan manzilli ishlash deputatlik
faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani ta’kidlandi.