Ko‘lota saylov okrugida ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash deputat nazoratida
Mahallada ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga
ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatli tashkil etilishi, kam ta’minlangan oilalarga
ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamning tayinlanishi va to‘lanishi 24-Ko‘lota
saylov okrug deputati B. Raxmonova tomonidan o‘rganildi.
Tashrif davomida deputat oilalarning ijtimoiy va moddiy holati, nafaqa va yordamlarni olishdagi
muammolar bilan tanishdi. Shuningdek, aholi murojaatlari tinglanib, ijtimoiy
xizmatlarning samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
B. Raxmonova aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va nafaqa hamda yordamlardan samarali
foydalanish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini
ta’kidladi.