Yangiliklar

Deputat mahallada

 Chimqo‘rg‘on mahallasida ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash deputat nazoratida 

Mahallada ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga
ko‘rsatiladigan xizmatlarning sifatli tashkil etilishi, kam ta’minlangan
oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamning tayinlanishi va to‘lanishi
Chimqo‘rg‘on okrug deputati M. Usmonova tomonidan o‘rganildi.
 

Tashrif davomida deputat oilalarning ijtimoiy va moddiy holati, nafaqa va yordamlarni olishdagi
muammolar bilan tanishdi. Shuningdek, aholi murojaatlari tinglanib, ijtimoiy
xizmatlarning samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli takliflar berildi.
 

M. Usmonova aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, nafaqa va yordamlardan samarali
foydalanish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri ekanini
ta’kidladi.
  

Slide 1 of 1