Do‘stlik okrugida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar deputat nazoratida
Do‘stlik okrug deputati M. Axrorv tomonidan hududdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning
yashash sharoitlari o‘rganildi.
Tashrif davomida deputat oilalarning moddiy ahvoli, kundalik ehtiyojlari va ularga
ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordam bilan tanishdi. Shuningdek, oila a’zolari
bilan suhbatlar olib borilib, ularning muammolari va takliflari tinglandi.
M. Axrorv aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va muhtoj oilalarning turmush darajasini yaxshilash
deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi. Bu
yo‘nalishdagi nazorat ishlari kelgusida ham izchil davom ettirilishi rejalashtirilgan.