Taraqqiyot okrugida isitish tizimi deputat nazoratida
Kuz-qish mavsumida maktablarda isitish tizimining ishlash holati aholi va o‘quvchilar
uchun dolzarb ahamiyatga ega. Shu maqsadda Taraqqiyot okrug deputati B.
Nuriddinov hududdagi maktabda isitish tizimi holatini o‘rgandi.
Tashrif davomida deputat isitish qurilmalari va ularning ishlash holati bilan tanishdi, maktab
xodimlari bilan suhbat olib bordi va zimiston davrida isitish tizimini samarali
tashkil etish, ta’mirlash va ehtiyojga qarab modernizatsiya qilish masalalarini
muhokama qildi.
B. Nuriddinov ta’kidlashicha, maktablarda o‘quvchilarning va xodimlarning qulayligi hamda
xavfsizligi deputatlik faoliyatida ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Ushbu nazorat
ishlari kelgusida ham davom ettiriladi.