Deputat va mahalla yettiligi hamkorligida aholi muammolari ijobiy hal etilmoqda
10-Oqtepa saylov okrugi deputati B. Ozodov G‘ayrat mahalla fuqarolar yig‘ini yettiligi
bilan uzviy hamkorlikda olib borilgan ishlar yuzasidan navbatdagi uchrashuvda
ishtirok etdi. Uchrashuv davomida mahalla xodimlari, mahallaga biriktirilgan
shifokorlar hamda jamoatchilik vakillari tomonidan aholini qiynayotgan
muammolar muhokama qilindi.
Tadbirda mahalla yettiligi tomonidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobot berildi.
Xususan, fuqarolar murojaatlari asosida ko‘rib chiqilgan masalalarning
aksariyati ijobiy hal etilgani qayd etildi. Aholi salomatligi, ijtimoiy himoya,
obodonlashtirish va kundalik turmush bilan bog‘liq masalalar deputat va
mutasaddi idoralar hamkorligida o‘z yechimini topmoqda.
Uchrashuv yakunida deputat B. Ozodov mahalla faollarini kirib kelayotgan 2026 yil bilan
tabriklab, yangi yilni ko‘tarinki ruhda kutib olishlarini tilab qoldi.