Yangiliklar

Biz zo'ravonlikka qarshimiz!

 Joriy yilning 25-noyabridan 10-dekabriga qadar yurtimizda "Xotin-qizlarga nisbatan raqamli zo' ravonlikka barham berish uchun birlashaylik" shiori ostida 16 kunlik faol harakat e'lon qilinganligi munosabati bilan Markaziy kon boshqarmasi ishchi - xodimlari o'rtasida "Tenglik va hurmat" loyihasi doirasida "Biz oiladagi zo'ravonlikka qarshimiz" mavzusida huquqiy targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi. Targ'ibot tadbirida Zarafshon shahar Kengashi deputati S. Boboyorova, Zarafshon tumanlararo iqtisodiy sudi raisi Sh. G'ofurov, Jinoyat ishlari bo'yicha Zarafshon shahar sudi, tergov sudyasi D. Ergashevalar ishtirok etdi.  

Slide 1 of 4