Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Qorajonov Moltop mahallasi Navro‘z qishlog‘ida qurilayotgan 85-sonli maktabning qo‘shimcha ikki qavatli o‘quv binosi va sport zali qurilish jarayoni bilan tanishdi. Mazkur loyihaning qurilish ishlari "Erk kapital luks" MCHJ tomonidan amalga oshirilmoqda.
Mazkur loyihaning amalga oshirilishi maktab o‘quvchilari va o‘qituvchilarining sinf xonalarining yetishmasligi kabi muammosining bartaraf etilishi, qo‘shimcha fan va kaspiy to‘garaklar faoliyatini yo‘lga qo‘yish imkoniyatini taqdim etadi. 200 nafarga yaqin o‘quvchilarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun yetarlicha sharoit taqdim etiladi.