Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Qorajonov Lalmikor mahallasida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi.
Mahalladagi Gʻallaorol ko‘chasining ikki tomonida aholi uchun qulaylik yaratish maqsadida 0,8 km yo‘lni asfalt qilish ishlari "Trans logistik" MCHJ tomonidan olib borilmoqda.
Shuningdek, elektr ta’minoti uchun 46 dona beton tayanch ustunlari o‘rnatish ishlari yakunlanmoqda.