NIZOLI OILALAR MUHOKAMASI O‘TKAZILDI!
Xususan: Oilaviy ajrimlarni oldini olish va nizoli oilalar bilan ishlash kuni dasturi doirasida Qiziltepa tumanidagi 2 nafar ajrim yoqasiga kelib qolgan oila vakillari bilan oilaviy nizolarni bartaraf etish muhokamasi o‘tkazildi. Muhokama jarayoniga tuman oila va xotin qizlar bo'limi, Oqilla ayollar harakati va imom xatiblar ishtirok etib nizoli oila vakillariga oila muqaddasligi va farzand tarbiyasiga be'etibor bo‘lmasligi to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borildi.
Olib borilgan say-harakatlar natijasida 2 nafar oilaning yarashtirilishiga erishildi.