Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Qorajonov Lalmikor mahallasida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi.
Mahalladagi Gʻallaorol ko‘chasining ikki tomonida aholi uchun qulaylik yaratish maqsadida piyodalar yo‘lakchasi qurish ishlari olib borilmoqda. 1,6 km uzunlikdagi mazkur loyiha o‘z ichiga 130 dona ko‘chalar chetiga lotoklar, 22 dona ko‘cha chiroqlarini o‘rnatish ishlarini qamrab oladi. Qurilish ishlari "Fayz baraka klassik" MCHJ tomonidan amalga oshirilmoqda.