Янгиликлар

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi 21-Anorzor saylov okrugi deputati Dilbar Rustamova O‘zbekiston Nogironlar jamiyati Boyovut tuman hududiy bo‘linmasi raisi X.Raxmatovga deputat so‘rovi bilan murojaat qilgandi. 

Deputat So‘rovining qisqacha mazmuni:

“Anorzor” mahallasi hududida 157 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar istiqomat qilmoqda. Shundan kelib chiqib, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, turmush tarzini yaxshilash hamda sog‘ligini tiklash maqsadida yetuk mutaxassislar ishtirokida bepul chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikni tashkil etishda amaliy yordam ko‘rsatilishi takidlangan.

Deputat so‘roviga asosan, Boyovut tumanida “Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga huquqiy ko‘mak” shiori ostida huquqiy aksiya tashkil etildi. Boyovut tuman adliya bo‘limi hamda O‘zbekiston Nogironlar jamiyati Boyovut tuman bo‘linmasi hamkorligida “Anorzor” mahallasida o‘tkazilgan mazkur tadbir “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” degan ezgu shior ostida o‘tib, mahalliy aholining ijtimoiy, huquqiy va tibbiy ehtiyojlariga bevosita javob beradigan ochiq muloqot ruhida kechdi.

Slide 1 of 6