Bugun, Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashi deputati Akrom Bo‘tayev "Navro‘z" mahallasida joylashgan 46-maktabda amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari jarayonini ko‘zdan kechirdi.
💠 O‘rganishlar davomida maktab binosida bajarilgan ishlar yakuniy bosqichga kirgani va yaqin kunlarda foydalanishga topshirilishi ma’lum bo‘ldi.
💠 Ta’kidlash joizki, mazkur o‘quv maskani zamonaviy talablarga to‘liq mos holda ta’mirlanmoqda. Bu esa o‘quvchilarga qulay sharoitlar yaratib, ta’lim-tarbiya sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.