Bugun, 29-sentabr kuni Xalq deputatlari tuman Kengashi tashabbusi bilan ta`lim sohasida faoliyat yuritayotgan deputatlar uchun Ustoz va murabbiylar kuniga bagʻishlangan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Tadbirni Kengash kotibiyati mudiri M.Berdiqulova ochib berdi. Ustozlarni bayram bilan samimiy tabriklab, ularning yoshlarga bilim berish va tarbiya berish yoʻlidagi fidokorona mehnatini yuksak qadrlashini taʼkidladi. Shuningdek, faxriy ustozlarga esdalik sovgʻalari va tashakkurnomalar topshirildi.Ushbu tadbir barcha ustozlar va murabbiylar uchun unutilmas bayram tuhfasiga aylandi.