Boyovut tumani "Jo‘langar" mahallasida aholining ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida mavjud nasos ta’mirlanmoqda. Ushbu jarayon Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputati Umurzoq Yarlakabov tomonidan o‘rganilib, ishlarning sifatli amalga oshirilishi yuzasidan doimiy nazorat o‘rnatildi.
Mazkur ta’mir ishlari mahalla aholisi uchun muhim ahamiyat kasb etib, kelgusida ichimlik suvini barqaror yetkazib berishga xizmat qiladi.