Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi 2-Ijodkor saylov okrugi deputati, Boyovut tumani nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i Alibek Amanlikov tumandagi "Sarmich" va "Jo‘langar" mahallalarining faol nuroniylari bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida mahalladagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari muhokama qilinib, nuroniylarning taklif va mulohazalari tinglandi.
Nuroniylarning hayotiy tajribasi, oqilona maslahatlari hududni rivojlantirish, yoshlar tarbiyasi va jamoada sog‘lom muhitni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.