Boyovut tumani “Farhod” hamda “Navro‘z” mahallalarida aholining murojaatlariga asosan berilgan deputatlik so‘rovi o‘z samarasini bermoqda.
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi 4-Farhod saylov okrugi deputati Akrom Bo‘tayev 2025-yil 12-sentabr kuni 02-06/4-125-sonli deputatlik so‘rovi bilan Sirdaryo viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i F.Kushakovga murojaat qilgandi. So‘rovda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar tomonidan amaliy ishlar boshlab yuborildi.
📌 Jumladan, ko‘chalardagi xavfsizlikni ta’minlash maqsadida kanalizatsiya quduqlari uchun yangi qopqoqlar olib kelindi, shuningdek aholining qulayligi uchun ko‘chalarga tosh to‘kish ishlari amalga oshirilmoqda.
Mazkur chora-tadbirlar aholining xavfsizligini ta’minlash, yashash sharoitini yaxshilash hamda mavjud muammolarni bartaraf etishga xizmat qilmoqda.