Ikki kun davom etgan Senat yalpi majlisida Surxondaryo viloyat studiyasidan Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Burxanov Kutbidin Nukritdinovich, hududdan saylangan Senatorlar, yoshlar parlamenti a’zolari, xalq deputatlari viloyat Kengashidagi doimiy komissiya raislari, tegishli mas’ullar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Videokonferensaloqa tarzida o‘tkazilgan yalpi majlisni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva olib bordi.
Yalpi majlisda 12 ta masala senatorlar tomonidan muhokama qilindi va ma'qullandi.