Deputat va mutaxassis hamkorligida maktabdagi qurilish ishlari ko‘zdan kechirildi
Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining 18-“Xumor” saylov okrugidan saylangan deputati Uktam Rustamovich Samanov hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi xodimi hamkorligida 29-son umumta’lim maktabida sanitariya xonalarining qurilish jarayoni joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish davomida qurilish ishlarining borishi, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi hamda yaratilayotgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
Yakunda aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berildi.