Deputat va mutasaddilar tomonidan obodonlashtirish ishlari tahlil qilindi
Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi deputati
H. Eshmuradova, Kengash kotibiyati mudiri R. Magripova hamda biriktirilgan tashkilot — Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi xodimi hamkorligida Paxtachi tuman Obodonlashtirish boshqarmasi faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida boshqarma tomonidan hududlarni obodonlashtirish, sanitariya holatini yaxshilash, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, yashil hududlarni saqlash va ko‘paytirish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, faoliyat davomida uchrayotgan muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan fikr-mulohazalar almashilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
O‘rganish natijalari yuzasidan tegishli xulosalar tayyorlanib, mutasaddi tashkilotlarga takliflar kiritilishi belgilandi.