Davlat tili to‘g‘risidagi qonun ijrosi o‘rganildi
Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi kotibiyati mudiri R. Magripova tomonidan tumandagi 28-son umumta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida:
✅ ish yuritish hujjatlarining davlat tilida yuritilishi;
✅ rasmiy hujjatlarning amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligi;
✅ ta’lim muassasasida davlat tilidan foydalanish holati atroflicha tahlil qilindi.
📝 O‘rganish yakunida mas’ul xodimlarga hujjatlarni davlat tilida to‘g‘ri va sifatli rasmiylashtirish, qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish hamda davlat tilining nufuzini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiya va uslubiy tushuntirishlar berildi.
🇺🇿 Davlat tiliga hurmat – qonunga hurmat, milliy qadriyatlarga ehtiromdir.