🛣 Yo‘l infratuzilmasi sifati nazorat qilindi
Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining
25-Qarnabota saylov okrugidan saylangan deputat Begmatov Uchqun Ravshanovich tomonidan Qarnabota mahallasida olib borilayotgan yo‘llarni asfaltlash ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
Tashrif davomida yo‘l qurilish-ta’mirlash ishlari sifati, belgilangan texnik talablar va muddatlarga rioya etilishi nazorat qilindi.
Shuningdek, bajarilayotgan ishlarning sifatli amalga oshirilishi hamda aholiga qulay transport infratuzilmasini yaratish masalalari yuzasidan mutasaddilarga tegishli tavsiyalar berildi.
🛣 Mahallada yo‘l infratuzilmasini yaxshilash va aholining xavfsiz harakatlanishini ta’minlash maqsadida ishlar doimiy nazorat ostida olib borilmoqda.