Yangiliklar

Deputat faoliyatidan

🇺🇿 Deputat tomonidan Davlat xizmatlari markazi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining 2-"Gulshan" saylov okrugidan saylangan deputati Sanayev Ismat Sanayevich hamda Kengash kotibiyati mutaxassisi S. Safarova tomonidan hududdagi Davlat xizmatlari markazi faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida markazda aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifati, fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayonlari hamda xizmat ko‘rsatish tizimining amaldagi holati bilan yaqindan tanishildi.

Aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirilib, aholiga sifatli va qulay davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3