Yangiliklar

Deputat faoliyatidan

30-son umumta’lim maktabining sanitariya holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi deputati N. Kenjayeva, Paxtachi tuman Kengashi kotibiyati mudiri R. Magripova, 19-“Zarafshon” saylov okrugidan saylangan deputat O. Uljayeva hamda biriktirilgan tashkilot — Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi xodimi hamkorligida 30-son umumta’lim maktabining sanitariya holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida ta’lim muassasasining sinf xonalari, oshxona, hojatxonalar, ichimlik suvi ta’minoti, hududning obodonlashtirilganligi hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi holati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, sanitariya talablariga qat’iy rioya etish va sog‘lom ta’lim muhitini yaratish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 2