Maktabgacha ta’lim muassasasidagi sharoitlar o‘rganildi
Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi kotibiyati mudiri R. Magripova o‘z
vakillik faoliyati doirasida saylovchilarning murojaat va takliflarini inobatga
olgan holda hududdagi maktabgacha ta’lim muassasasiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida muassasada
yaratilgan shart-sharoitlar, tarbiyalanuvchilar uchun tashkil etilgan
ta’lim-tarbiya jarayoni hamda oziqlantirish va sanitariya-gigiyena holati
o‘rganildi.
Shuningdek, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ullar bilan
fikr almashilib, tegishli tavsiyalar berildi.