Hududdagi qurilish va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining 18-“Xumor” saylov okrugidan saylangan deputati Uktam Rustamovich Samanov hamda Kengash kotibiyati mutaxassisi S. Safarova tomonidan hududda amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganish davomida qurilish obyektlarida olib borilayotgan ishlarning borishi, obodonlashtirish tadbirlarining sifati, hududning sanitariya holati hamda belgilangan vazifalarning ijrosi ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ishlar sifatini yanada yaxshilash va belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.