Oʻrganish davomida muassasadagi taʼlim-tarbiya jarayoni, bolalarning sifatli taʼlim olishi uchun yaratilgan qulayliklar, oziqlantirish tizimi, sanitariya-gigiyena holati hamda tarbiyaviy mashgʻulotlarning tashkil etilishiga alohida eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, muassasa masʼullari bilan suhbat oʻtkazilib, bolajonlar uchun yanada zamonaviy va qulay muhit yaratish, taʼlim sifatini oshirish hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.