Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

OSHIQ OTA MAHALLASIDAGI ASFALTLASHTIRISH ISHLARI DEPUTAT NAZORATIDA

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati N.Eliboyev tomonidan Oshiq Ota mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-330-sonli qarori asosida amalga oshirilayotgan asfaltlashtirish ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida ichki yo‘llarda olib borilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlari sifati, yo‘llarning aholi uchun qulayligi hamda belgilangan muddatlarda yakunlanishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mahalla fuqarolari bilan suhbat o‘tkazilib, mavjud muammo va takliflar tinglandi.

Deputat tomonidan aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 3