✍️Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining 12-Zarafshon saylov okrugidan saylangan deputati A.Abdumuratov tomonidan fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar asosida hududdagi elektr bilan bog‘liq muammolar o‘rganilib, ularni bartaraf etish choralari ko‘rildi.
⚡️O‘rganish davomida elektr ta’minotidagi uzilishlar va mavjud nosozliklar mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etilib, aholi uchun qulay sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratildi.
📈Deputat tomonidan murojaatlar ijrosini ta’minlash, aholining muammolariga yechim topish hamda hudud infratuzilmasini yaxshilash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.