Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH – JAMIYAT TARAQQIYOTINING MUHIM OMILI

✍️Xalq deputatlari Pastdargʻom tuman Kengashi deputati Jamshid Ochilov tomonidan deputatlik joyi vakant bo'lgan Ravot mahalla fuqarolar yigʻini aholisi ishtirokida korrupsiya va uning oldini olish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi.

✅Tadbir davomida korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy taʼsiri, uni bartaraf etish boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlar hamda fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

❇️Shuningdek, yigʻilishda ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini taʼminlash, korrupsion holatlarga murosasiz munosabatda boʻlish hamda fuqarolarning bu boradagi faolligini oshirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

📈Deputat tomonidan aholining savol va takliflari tinglanib, tegishli tushuntirishlar berildi.

Slide 1 of 2