Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati Hilola Sulaymonova mahalla nuroniylari bilan hamkorlikda hududdagi notinch oilalar holatini o‘rgandi.
🤝 O‘rganishlar davomida oilalardagi kelishmovchilik sabablari tahlil qilinib, ularni bartaraf etish hamda oila muhitini sog‘lomlashtirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rildi.
💬 Suhbat va tushuntirish ishlari orqali tomonlarni yarashtirish, o‘zaro hurmat va totuvlikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.
✅ Bu kabi ishlar jamiyatda barqarorlikni ta’minlash, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashga xizmat qiladi.