Inson salomatligini asrashdek sharafli va mas’uliyatli kasbni sidqidildan ado etayotganingiz, xalq salomatligi yo‘lida tun-u kun fidokorona xizmat qilayotganingiz tahsinga sazovordir.
Sizlarning bilim va tajribangiz, mehr va matonatingiz tufayli minglab insonlar hayotga umid bilan qaramoqda. Ayniqsa, el salomatligini ta’minlash yo‘lidagi mashaqqatli mehnatingiz yuksak e’tirofga loyiq.
Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, kuch-g‘ayrat va kasbiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!