✍️Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining 16-Xonchorbog‘ saylov okrugi deputati D.Jabbarova Sanchiqul MFYda bo‘lib, mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
📈Uchrashuv davomida hududdagi bugungi kundagi dolzarb vazifalar, obodonlashtirish ishlari, aholini qiynayotgan muammolar hamda ularning yechimlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
✍️Mahallada mavjud muammolarni bartaraf etish va aholiga yanada qulay sharoit yaratish bo‘yicha kelgusidagi vazifalar kelishib olindi.
📈Shuningdek, bolalar nafaqasi masalasida murojaat qilgan Sanchiqul MFY fuqarosi Bobomurodova Dilnozning murojaati tinglanib, unga tegishli tavsiyalar berildi.
📖Fuqaroning hujjatlari ko‘rib chiqilishi uchun mahalla fuqarolar yig‘inining ijtimoiy xodimiga taqdim etildi.
❇️Fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va ularning muammolariga yechim topish borasidagi ишлар izchil davom ettirilmoqda.