Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

YOSHLAR O‘RTASIDA HUQUQBUZARLIK VA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH — DOLZARB VAZIFA

Oʻrganish jarayonida mahalladagi kriminogen vaziyat, ayniqsa yoshlar oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni barvaqt aniqlash, uning oldini olishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar tahlil qilindi.

Shuningdek, mahalla faollari, profilaktika inspektorlari hamda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish va ularni turli salbiy holatlardan asrash boʻyicha taklif hamda tavsiyalar berildi.

Tinch va xavfsiz mahalla muhitini taʼminlash, aholi, ayniqsa yoshlar oʻrtasida huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 1