Davlatimiz rahbari oʻz nutqlarida Oʻzbekiston aholisining yarmidan koʻpini yoshlar tashkil etishini alohida taʼkidlab, demografik oʻsishni kuchli intellektual resursga aylantirish gʻoyasini ilgari surdilar. Forumda taklif etilgan "Inson kapitalini rivojlantirish qoʻshma onlayn-platformasi" chekka hududlardagi yoshlarimiz uchun ham eng zamonaviy bilimlarni olish, til oʻrganish va axborot texnologiyalarini oʻzlashtirish imkonini beradi. Shuningdek, "Qoʻshma raqamli ekotizim" va raqamli savdo platformalari orqali yurtimizda yetishtirilayotgan mahsulotlarni yirik tashqi bozorlarga toʻgʻridan-toʻgʻri olib chiqish imkoniyati kengayadi. Bu saʼy-harakatlarning barchasi pirovard natijada yangi sifatli ish oʻrinlari yaratish, aholi daromadlarini oshirish va har bir inson qadrini ulugʻlashga qaratilgan amaliy qadamlardir.
Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi deputati Z.Mullajonov