Jalaquduq tuman hokimi, tuman Kengashi deputati H. Latipov yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuv davomida yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni qiynayotgan dolzarb masalalar muhokama qilindi. Bildirilgan murojaatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilandi. Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan muloqot yoshlarning fikr va tashabbuslarini
qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolariga yechim topishda muhim ahamiyat kasb etdi.