Prezidentimizning PQ-62-sonli qarori asosida Jalaquduq tumanida turizm va xizmat ko‘rsatish sohasida yangi loyihalar ishga tushirilmoqda. Xususan, qarorning 2-ilovasi 8-bandi "a" kichik bandida belgilangan vazifalar ijrosi hudud rivojiga xizmat qilmoqda. Shu bois, bugun xalq vakillari — tuman Kengashi raisi Sh.Xaytaxunov va viloyat Kengashi
deputati O.Nosirov yangi tashkil etilgan sayyohlar dam olish maskaniga borib, u yerdagi asl holatni ko‘zdan kechirdilar.
Bundan maqsad — sayyohlar va mehmonlar uchun yaratilgan sharoitlarni hamda ovqatlanish joylarining sifatini ko‘rish edi. O‘rganishlar shuni ko‘rsatdiki, tadbirkor tomonidan barcha ishlar yaxshi bajarilgan va maskan allaqachon ish
boshlab, mehmonlarga xizmat ko‘rsatmoqda.